Bosh vazir o‘rinbosari talaba-qizlarning taklif va tashubbuslarini tingladi
2026-05-08 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hamkor tashkilotlari rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilar jamoasi va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Bosh vazir o‘rinbosari amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning markazida yosh avlodni jismonan va aqlan baquvvat, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi yuksak, intellektual salohiyatli shaxs sifatida voyaga yetkazish maqsadi turganini alohida ta’kidladi.
O'z o'rnida talaba-qizlarning dolzarb muammolari, taklif va mulohazalari eshitildi. Kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, mustaqil hayotga tayyorlanish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalarida amaliy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, mas’ul rahbarlarga ushbu yo‘nalishlardagi vazifalarni ijro etishga doir aniq topshiriqlar berildi.

