Ma'rifatli ayol — jamiyat ko'zgusi
2026-05-06 13:25:00 / Yangiliklar

Anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Maxkamova so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Bu borada olib borilayotgan ishlar ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash va kelajak avlod tarbiyasida ularning rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Tadbir mehmonlar va ishtirokchilarning yuqori faolligi, mazmunli chiqishlar hamda qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi.

