Italiyaning Pemont mintaqasi sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-20 09:10:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni, ayniqsa, tibbiyot, farmatsevtika va parameditsina sohalarida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Italiyaning ilg‘or klinikalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, hamshiralar tayyorlash tizimi bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Piza universiteti o‘rtasidagi qo‘shma magistrlik dasturini rivojlantirish, talabalar uchun grant va stipendiya mexanizmlarini joriy etish, Italiya mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish hamda klinikalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar tibbiyot ta’limi va sog‘liqni saqlash sohasida uzoq muddatli, amaliy va natijador hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdilar.

