Oila tinchligi - jamiyat barqarorligi
2026-01-23 09:15:00 / Yangiliklar

O‘zaro muloqot ruhida o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda manzilli va yaxlit ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik va jinoyatlarning asl omillarini chuqur tahlil qilish, barvaqt profilaktika choralarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda har bir mahalla va oilalar bilan ishlash masalalari, nizolarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga ongli tayyorlashda sud, FHDYO, ijro hokimiyati va jamoatchilik hamkorligini yana-da kuchaytirish, erta nikoh va erta tug‘ruq holatlarining oldini olish, qizlar o‘rtasida salbiy holatlarga qarshi profilaktikani kuchaytirish, “oila–taʼlim–tibbiyot” hamkorligini mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kasbiy taʼlim va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar bilan manzilli ishlash masalasi ham eʼtibor markazida bo‘ldi. Jumladan:
• texnikum va oliy taʼlim muassasalarida psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, “ustoz–shogird” va mentorlik mexanizmlarini kuchaytirish;
• qizlarning kasbga yo‘naltirilishi, bandligi, stajirovka va ish o‘rinlariga bog‘lash orqali ijtimoiy xavf omillarini kamaytirish;
• ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan salbiy taʼsirlarga qarshi maʼnaviy-maʼrifiy immunitetni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi vazifalar belgilab olindi.
