Xalqaro hamkorlik
2026-01-22 09:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv jarayonida mahalliy aholi va korxonalar uchun barqaror moliyaviy xizmat ko‘rsatish modeli — rivojlanayotgan va o‘sib borayotgan iqtisodiyotlarga tatbiq etish, xotin-qizlarga mikrokorxonalar, kichik va o‘rta bizneslarga moliyaviy xizmatlarga doimiy va oson kirish imkonini yaratish, mahalliy moliyaviy institutlarni — banklar, kichik mikromoliyaviy tashkilotlar va boshqalarni — yirik moliyaviy tizim sifatida professional va barqaror qilish va ularni biznes-muloqotda professional darajaga ko‘tarish, startup loyihalar yozish va qishloq joylar, “Green Finance” (barqaror/ekologik moliya), ayollar biznesi, migratsiya va ijtimoiy inkluziya kabi ustuvor yo‘nalishlarda kuchaytirish borasida muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, xalqaro moliya instituti tomonidan Qo‘mita raisining xotin-qizlar uchun loyihalar yozishda trenerlar tayyorlash, grantlar jalb etish va ularni realizatsiya qilishga qaratilgan seminarlar tashkil etishga qaratilgan takliflari qo‘llab-quvvatlandi.
Ma‘lumot uchun: German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti va Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Maxkamova o‘rtasida 2025-yil 3-iyun kuni Anglashuv Memorandumi imzolangan. Mazkur tashkilot shu kungacha 50 dan ortiq davlatda o‘z loyiha va dasturlarini amalga oshirgan, moliyaviy tizimlarni mustahkamlash orqali kambag‘allikni kamaytirishga hissa qo‘shmoqda.
Toshkentda tashkilotning mintaqaviy vakolatxonasi faoliyat yuritadi. U yerda qishloq joylarda tadbirkorlik treninglari, moliyaviy xizmatlar, mahalliy moliyaviy institutlar bilan hamkorlik asosida dasturlar amalga oshirilmoqda.

