Barqaror energetika va sanoatni dekarbonizatsiya qilish istiqbollari muhokamasi
2026-01-19 12:20:00 / Yangiliklar

Muzokaralar chog‘ida barqaror energetika va sanoatni dekarbonizatsiya qilish sohasidagi milliy ustuvor yo‘nalishlarga mos keladigan qo‘shma innovatsion loyihalarni ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan loyiha konsepsiyalari va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilandi.
Investitsiya va texnik hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, texnik-iqtisodiy asosnomalar (TIA), investitsiya parametrlari, amalga oshirish muddatlari hamda moliyalashtirishning ehtimoliy manbalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish jarayonida yangi ish o‘rinlarini yaratish, kadrlar tayyorlash, mahalliy resurslardan foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va bilimlar transferini ta’minlash, shuningdek ochiq hamkorlik va muntazam hisobot yuritish muhimligi ta’kidlandi.
Keyingi qadamlar sifatida tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish, tanlab olingan tashabbuslar bo‘yicha texnik va tijorat ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni shakllantirishga kelishib oldilar.

