Xalqaro hamkorlik - Istiqbolli loyihalar muhokamasi
2025-12-23 15:40:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik yil sayin izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlanib, mazkur ijobiy jarayon har ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan ochiq, samimiy va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar samarasi ekani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent viloyati O‘zbekistonning aholi zich, iqtisodiy faol va infratuzilmaviy jihatdan muhim hududlardan biri ekani, hududda sanoat, energetika, infratuzilma, xizmatlar va turizm sohalarida yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Viloyat rahbari saudiyalik investorlar uchun Toshkent viloyatida shaffof, barqaror va qo‘llab-quvvatlovchi investisiya muhiti yaratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Imrahim al Mubarak bu kabi samimiy uchrashuvlarni o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholab, saudiyalik tadbirkorlar ham yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

