“Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobi

“Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”
Joriy yilning 1-dekabrida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida izohli lug’at nazariy va amaliy ahamiyati, uning asosiy maqsadi viloyat va tuman joy nomlarining milliy qadriyati sifatidagi ma’nolarini aniqlash hamda keng ommaga yetkazish ekanligi sharhlab o‘tildi. Ushbu kitob kitobxonlarda juda katta taassurot qoldirib, ularga o‘qish uchun tavsiya qilindi. Kitobda keltirilgan Mirzacho‘l tumanining joy nomlari ayniqsa ahamiyatlidir. Unda Mirzacho‘l tumanidagi mahallalar, qishloqlar va aholi punktlarining nomlanish tarixi asoslari bilan keltirib o‘tilgan.
Kitobning Mirzacho‘l tumani haqidagi bobi PDF formati bilan tanishish uchun mazkur ilovaga o‘ting.
