Mirzacho‘l tumanida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-11-20 11:40:00 / Yangiliklar
2026-yil 20-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Mavlonova tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni belgilangan tartibda o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar va oilalarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
