Mirzacho‘l tumanida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-11-19 17:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U. Rustamov tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni belgilangan tartibda o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolariga yechim topish masalalari doimiy e’tiborda.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
