Mirzacho‘l tumanida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-11-18 18:05:00 / Yangiliklar
2026-yil 18-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi A. Abdurashidov tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni belgilangan tartibda o‘rganish hamda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shaxsiy qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va murojaatlar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
