MIRZACHO‘L TUMANIDA PROKURORNING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
2026-11-18 17:10:00 / Yangiliklar

Mazkur qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda qonuniy yechim topishdan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Fuqarolarga murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra, jami 20 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi. Qolgan 5 ta murojaat esa batafsil o‘rganish va qonuniy yechim topish maqsadida nazoratga olindi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Ta’kidlash joizki, sayyor qabullar aholining muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar va mas’ul idoralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarga befarq bo‘lmaslik hamda har bir muammoga amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim mezonlaridan biridir.
Mirzacho‘l tumani hokimligi
Axborot xizmati






