SO‘ROVNOMA NATIJALARI — JAMOATCHILIK FIKRI OCHIQ VA SHAFFOF YORITILMOQDA
2026-11-11 16:25:00 / Yangiliklar

So‘rovnomalar yakunlangach, ularning natijalari ham e’tibordan chetda qolmaydi. Ovoz berish natijalari aks etgan sahifaning sanasi, ishtirokchilar soni va har bir javob varianti bo‘yicha foiz ko‘rsatkichlari skrinshot shaklida qayd etiladi.
Shundan so‘ng natijalar qisqacha tahlil qilinib, rasmiy veb-saytda alohida axborot materiali sifatida yoritiladi. Bu orqali foydalanuvchilar nafaqat o‘z fikrlarini bildirish, balki boshqa ishtirokchilarning qarashlari va umumiy jamoatchilik munosabati bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayniqsa, gender tenglik, xotin-qizlar bandligi, qizlarning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokiga oid so‘rovnomalar mazkur yo‘nalishdagi jamoatchilik fikrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘rovnoma natijalarini sana va aniq ko‘rsatkichlar bilan e’lon qilib borish ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi fikriga e’tibor qaratish hamda davlat organi bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
