Maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
2026-10-23 17:20:00 / Yangiliklar

Jumladan, tuman Prokuraturasi va Adliya bo‘limi hamkorligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan otaliqqa olingan 4-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida tuman prokuraturasi binosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga prokuratura organlarining asosiy vazifalari, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ularga idorada yaratilgan sharoitlar va faoliyat yo‘nalishlari tanishtirildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda kelajakda munosib kasb egasi bo‘lib yetishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati





