Shaxsiy qabul: murojaatlar va yechimlar
2026-10-22 18:45:00 / Yangiliklar

Mazkur qabul fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Murojaatchilarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.
Shuningdek, murojaatlarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni imkon qadar tezkorlik bilan hal etish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda murojaatlar yuzasidan aniq natijalarga erishish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
