Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-10-23 15:40:00 / Yangiliklar
2026-yil 23-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni va ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berilib, masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
