Mirzacho‘l tumangaz bo‘limida xodimlar o‘rtasida diktant tashkil etildi
2026-10-15 08:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 14-oktabr kuni Mirzacho‘l tumangaz bo‘limida xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, yozma savodxonligini oshirish hamda imlo qoidalariga rioya etish darajasini aniqlash maqsadida diktant tashkil etildi.
Tadbir “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Jizzax viloyati hududiy filiali rahbari Sobirjon Axmedov ishtirok etdi.
Diktant jarayonida xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalari, imlo qoidalarini qo‘llash darajasi hamda yozma nutq madaniyati sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, rasmiy hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri va savodli rasmiylashtirish, adabiy til me’yorlariga amal qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish, xodimlarning imlo savodxonligini mustahkamlash va ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli. Uni asrash, sofligini ta’minlash hamda kundalik faoliyatimizda adabiy til me’yorlariga rioya etish barchamizning sharafli burchimizdir.
Mirzacho‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
