MIRZACHO‘L TUMANIDA «GENDER TENGLIK FAOLI» MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
2026-10-06 17:40:00 / Yangiliklar

Tanlovda tumanning turli sohalarida samarali mehnat qilayotgan, jamoat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, fidoyiligi va ijtimoiy faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va jamoat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilg‘or tashabbuslar va hayotiy tajribalar taqdim etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning jamoatchilik faoliyati, tashabbuslari, amalga oshirgan loyihalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglik g‘oyalarini targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissiga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov faqat bellashuv emas, balki xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi hamda tanlovning keyingi bosqichida Mirzacho‘l tumanini munosib himoya qiladigan eng faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli ishtirokchilar saralab olindi.
🌸 Gender tenglik — jamiyat taraqqiyoti va farovon kelajakning muhim omilidir!
