G‘alaba mahallasida yosh tadbirkor tomonidan yangi sartaroshxona ish boshladi
2026-10-05 09:15:00 / Yangiliklar

Ochilish marosimida mahalla faollari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi maskanning ramziy ochilish marosimi o‘tkazildi.
E’tiborlisi, Bobur Azizov “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasblar tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, respublika bosqichida faxrli 3-o‘rin hamda pul mukofotini qo‘lga kiritgan.
Yosh tadbirkor tomonidan yangi sartaroshxonaning tashkil etilishi natijasida 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mahallada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bobur Azizovga yangi faoliyatida muvaffaqiyat, baraka va ulkan zafarlar tilaymiz!
