“Zukko kitobxon” tanlovida Mirzacho‘l tumani jamoasi viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi
2026-10-05 08:00:00 / Yangiliklar

Quvonarlisi, mazkur bilimlar bellashuvida Mirzacho‘l tumani jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida saralangan bilimli, faol va kitobsevar yoshlar o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar belgilangan adabiy asarlar yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, tezkorlik, topqirlik va jamoaviy hamkorlik borasidagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Mirzacho‘l tumani jamoasi
🥈 2-o‘rin — Arnasoy tumani jamoasi
🥉 3-o‘rin — Forish tumani jamoasi
Mirzacho‘l tumani jamoasining viloyat bosqichidagi ushbu g‘alabasi tumanda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarali natijasi bo‘ldi.
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Mirzacho‘l tumani jamoasini ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz!
