Fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-03 14:00:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani hokimi B. Mirzaqulov tomonidan 2026-yil 3-oktabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar, muammolar, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qildilar.
Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaatlarni hal etish uchun ayrim masalalar mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida o‘rganilishi belgilandi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularning qonuniy yechimini topish hamda natijasi bo‘yicha murojaat egalariga ma’lumot berish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
