Fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-02 11:40:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning oila va xotin-qizlar masalalari, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolar hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yordamni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolarning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
