Fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar belgilanmoqda
2026-09-16 11:45:00 / Yangiliklar

Unda fuqarolarning hududlarni obodonlashtirish, qurilish va infratuzilma, kommunal xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ekologiya hamda ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalaga alohida e’tibor qaratilib, murojaatlarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarga belgilangan tartibda javob berish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shaxsiy qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli yo‘nalishlarda amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mirzacho‘l tumanida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, qonuniy va asosli yechim topish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
