Fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar belgilanmoqda
2026-09-15 11:50:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U. Rustamov tomonidan 2026-yil 15-sentabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va muammolarini bildirdilar. Jumladan, ijtimoiy himoya, moddiy ko‘mak, bandlik, oilaviy sharoitni yaxshilash hamda yoshlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, masalalarning mazmuni va yechimi bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Fuqarolarga amaldagi tartib va mavjud imkoniyatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Shaxsiy qabullar orqali aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
