📌 XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR YECHIMI — E’TIBORDA
2026-09-12 12:00:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani hokimi B. Mirzakulov tomonidan 2026-yil 12-sentabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qilib, muammo va takliflarini bildirdilar. Murojaatlar bandlik, ijtimoiy ko‘mak, uy-joy va infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa hayotiy masalalar doirasida ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarni joyida o‘rganish va qonuniy hal etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Mas’ullarga fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda o‘rganish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
🤝 Fuqarolar murojaati — e’tibor, mas’uliyat va amaliy yechim demakdir.
#Mirzacho‘lTumani #ShaxsiyQabul #XalqBilanMuloqot #FuqarolarMurojaati
