YOSHLAR MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM IZLANMOQDA
2026-09-11 12:00:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U. Rustamov tomonidan 2026-yil 10-sentabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabulda yoshlar tomonidan bandlik, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, ta’lim olish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar bilan muloqot — muammolarni aniqlash va ularning yechimiga yo‘l ochishning muhim omilidir.
