AYOLLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-11 12:00:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan 2026-yil 11-sentabr kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning oilaviy sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘mak, moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Har bir murojaat — e’tibor va nazoratda!
