Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi
2026-09-08 09:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-bo‘limi korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirildi. Korrupsiyaga oid jinoyatlar- ushbu Kodeks 167-moddasi 3-qismining “d” bahdida, 168-moddasi 4-qismining “g” bandida, 1929,19210-moddalarida, 19211-moddasi 2-qismining “v” bandida, 205-moddasi 2-qismining “v” bandida, 206-moddasi 2-qismining “v” bandida, 208-moddasining 2-qismida, 209-moddasi 2-qismi “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 2141, 2142-moddalarida va 301-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reestriga kiritiladi. Elektron reestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyudagi cheklovlar belgilanadi: davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi; davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish; o‘zi ta’sis etgan va ustav fondidagi ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xaridlarida va davlat xususiy sheriklik to‘g‘risadagi bitimda ishtirokchi sifatida qatnashish; davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish. Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu’basi
