Hududlarni obod etish yo‘lidagi muloqot
2026-08-05 16:25:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. A. Abdurashidov tomonidan 2026-yil 5-avgust kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida qurilish, obodonlashtirish, ichimlik suvi va oqova tizimlari, yo‘l infratuzilmasi, elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar, ekologiya hamda ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlariga oid murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Hududlarni obod qilish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar Mirzacho‘l tumanida izchil davom ettirilmoqda.
