Xotin-qizlar manfaatlari yo‘lida ochiq muloqot
2026-08-07 14:55:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan 2026-yil 7-avgust kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Shaxsiy qabul davomida fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar tomonidan bandlik, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy himoya, uy-joy, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, amaliy yechim talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lgan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar Mirzacho‘l tumanida izchil davom ettirilmoqda.
