Fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
2026-08-06 17:00:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U. Rustamov tomonidan 2026-yil 6-avgust kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yoshlar bandligi, ta’lim, sport, madaniyat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarga oid murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ayniqsa yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy sohadagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan ishlar Mirzacho‘l tumanida izchil davom ettirilmoqda.
