Hasharga chorlaymiz!
2026-07-17 15:05:00 / Yangiliklar

Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, qabriston hududini obod va ozoda saqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
📅 2026-yil 18-iyul
🕕 Soat 06:00 da
📍 Mirzacho‘l tumani Ko‘kterak qabristonida umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi.
Hashar davomida qabriston hududini obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi.
Siz aziz yurtdoshlarni ushbu ezgu tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Hasharda ishtirok etuvchi fuqarolardan o‘zlari bilan belkurak, ketmon, supurgi, o‘roq va boshqa zarur ish qurollarini olib kelishlari so‘raladi.
Birgalikda ajdodlarimiz xotirasiga munosib hurmat bajo keltiraylik, yurtimiz obodligi va fayziga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Obod maskan — birlik va hamjihatlik timsoli!
Barchangizni hasharda kutib qolamiz!
