DEHQON BOZORI HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-08-01 17:45:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumanidagi Dehqon bozori hududi va unga tutash ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Aholi hamda bozor tashrif buyuruvchilari uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida hududda yo‘llar tartibga keltirilmoqda, notekis joylar tekislanib, tozalik va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, bozor atrofi begona o‘tlardan tozalanib, piyodalar harakati uchun qulay muhit yaratish, hududning estetik qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilib, Mirzacho‘l Dehqon bozori hududini yanada zamonaviy, ozoda va shinam maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
Obod hudud — fayzli hayot, qulay bozor va rozi xalq demakdir.
