Mirzacho‘lda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-07-14 16:00:00 / Yangiliklar

Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi Shaydoyev Abdumannon Murotovich hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tergov sudyasi Xoliqulov Sharif Jo‘raboyevich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1155-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berilib, qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotga samarali tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
