Mirzacho‘lda sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-08 16:45:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda Mirzacho‘l tumani hokimi B. Mirzakulov, tuman prokurori J. Zaripov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik J. Shadmanov hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, yer, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarning ayrimlari sayyor qabul jarayonida joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
