Mirzacho‘lda navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-07-03 17:50:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan 2026-yil 3-iyul kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan xotin-qizlar bandligi, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammo va takliflariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
