Mirzacho‘lda navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-07-02 17:05:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U. Rustamov tomonidan 2026-yil 2-iyul kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yoshlar bandligi, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy soha hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammo va takliflariga amaliy yechim topish hamda ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
