Mirzacho‘lda navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-19 17:25:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan 2026-yil 19-iyun kuni fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida xotin-qizlarning bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy masalalar hamda boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ijrosi nazorat talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi.
