Mirzacho‘l tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Mavlonova tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-12 17:45:00 / Yangiliklar

Qabul davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida bunday shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
