Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi
2026-06-15 13:55:00 / Yangiliklar

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Q. Abduqodirov, Ekologik partiyadan saylangan 18-Toshkent saylov okrugi deputati Z. Fozilov hamda O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan 19-Oltin vodiy saylov okrugi deputati N. Raximovalar Mustaqillik MFY hududida joylashgan Mirzacho‘l tuman “Kelajak” markazida bo‘lib, tumanda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida o'quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, dastur doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
