Jizzaxda “Media haftalik” muvaffaqiyatli yakunlandi
2026-06-12 18:00:00 / Yangiliklar
Besh kun davom etgan “Media haftalik” doirasida jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar, SMM mutaxassislari va media sohasi vakillari uchun seminar-treninglar, mahorat darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ishtirokchilar zamonaviy kontent yaratish, sun’iy intellekt imkoniyatlari, mediaxavfsizlik, faktcheking va raqamli kommunikatsiyalar bo‘yicha bilim hamda tajribalarini boyitdi.
Haftalik yakunida media sohasida hamkorlikni mustahkamlash, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va sifatli axborot makonini rivojlantirish bo‘yicha muhim fikrlar almashildi.
“Media haftalik” nafaqat bilim va tajriba almashish maydoni, balki kreativ tashabbuslar va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam bo‘ldi.
