MIRZACHO‘L TUMAN HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2026-06-02 14:55:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Tuman hokimligiga 2026 yilning may oyida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda majlis bayonlarida jami 2871 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan.
Shundan, bugungi kunda ijro muddatlari yakunlangan 1204 ta (100%) topshiriqlar ijrosi ta’minlandi.
Qolgan 1667 ta topshiriqlar belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida 608 ta topshiriqlar tuman hokimligiga kelib tushgan. Shundan, belgilangan ijro muddatlari yakunlangan 317 ta (100 %) topshiriqlar ijrosi ta’minlandi. 291 ta muddati mavjud bo‘lgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.
Joriy yilning may oyida jami 321 ta topshiriq mavjud bo‘lib, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 214 ta, Vazirlar Mahkamasining 107 ta topshiriqlarida tuman hokimligi asosiy ijrochi sifatida belgilangan.
2026 yilda Jizzax viloyat hokimining 79 ta topshiriqlarida tuman hokimligi mas’ul etib belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda (02.06.2026 yil holatiga) muddati yakunlangan 19 ta topshiriq ijrosi ta’minlangan. Qolgan 60 ta topshiriqlar belgilangan muddat va talablar asosida ijrosi ta’minlanishi tizimli ravishda alohida nazoratga olindi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendarь reja ishlab chiqildi.
Mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida yil boshidan Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyish va boshqa topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan,mas’uliyatsizligi natijasida topshiriqlar ijro muddatlarining buzilishi, kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechilishi inobatga olinib, tuman hokimligida ushbu topshiriqlarni belgilangan muddat va talablar asosida bajarilishini ta’minlash yuzasidan oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, har hafta ikki marotaba kelgusi oy yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, bo‘linma rahbarlariga yetkazib borilmoqda.
Ijro intizomini kuchaytirish, mas’ul rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha qonun buzilishining oldini olish maqsadida haftaning har dushanba kunlari tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, ijro intizomiga tizimli amal qilinishi doimiy nazoratga olingan.
Tuman hokimligi
ijro intizomi nazorati bo‘limi
