10-SONLI DMTTDA “OCHIQ BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-06-02 09:05:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha doirasida 1,5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan muassasaning tashqi fasadi to‘liq ta’mirlandi, hududi o‘rab olindi, zamonaviy oshxona binosi qurildi hamda kanalizatsiya tizimi to‘liq yangilandi.
Tantanali ochilish marosimida Mirzacho‘l tumani hokimi o‘rinbosari U.R.Rustamov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.I.Mirzayev, mahalla faollari, ta’lim sohasi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi.
Yaratilgan yangi imkoniyatlar muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom va barkamol voyaga yetishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mirzacho‘l tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy qiyofaga keltirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
