Mirzacho‘l tumanida hokim va uning o‘rinbosarlarining qabul kunlari jadvali tasdiqlandi
2026-05-16 09:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoniga muvofiq, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi hamda uning o‘rinbosarlarining sayyor va shaxsiy qabul kunlari jadvali tasdiqlandi.

Mazkur jadval asosida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va muammolari yuzasidan tuman hokimi hamda mutasaddi rahbarlar qabulida bo‘lishlari mumkin.
Qabul jarayonlarida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Hurmatli fuqarolar!
O‘zingizni qiynayotgan masalalar bo‘yicha belgilangan jadval asosida qabulga murojaat qilishingiz mumkin.
