Mirzachoʻl tumanida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha seminar tashkil etildi
2026-05-20 17:55:00 / Yangiliklar

Mazkur seminar davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda tuman hokimligi xodimlari, tegishli tashkilotlar mutaxassislari hamda tumandagi korxona va muassasalarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholining murojaatlariga qonuniy hamda adolatli yechim topish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bunday seminarlar davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
