Jizzax viloyati huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda
2026-05-20 11:35:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumanida Jizzax viloyati huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi раҳбарлар tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Sayyor qabul davomida аҳоли tomonidan bildirilayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etilmoqda.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
