IBRATLI OILA — JAMIYAT KO‘ZGUSI
2026-05-18 14:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Mavlonovlar oilasining jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, ustozning psixologiya sohasidagi samarali faoliyati, yoshlar va shogirdlariga ko‘rsatayotgan beg‘araz yordamlari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, oilaning oliy ma’lumotli va el-yurt koriga yarayotgan farzandlari, mahalladagi obro‘-e’tibori, tarbiya topayotgan nevaralarining odobi hamda ustozning shogirdlari erishayotgan yutuqlar tadbir ishtirokchilari tomonidan katta mamnuniyat bilan tilga olindi.
Mavlonovlar oilasi bugungi kunda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, farzand tarbiyasi va jamiyatdagi faolligi bilan ko‘plab oilalarga ibrat bo‘lib kelmoqda. Ana shunday fidoyi va namunali oilalarning qadrlanishi yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
