PF-82-sonli farmon mazmun-mohiyati fermer xo‘jaligi rahbarlariga tushuntirildi
2026-05-14 17:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 8-may kuni imzolangan PF-82-sonli farmonning mazmun-mohiyati fermer xo‘jaliklari rahbarlariga batafsil tushuntirildi. Xususan, mazkur farmonda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda fermerlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, subsidiya va imtiyozlar, sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida mutasaddilar tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
