MUSTAQILLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-04-25 11:55:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumanida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida sayyor qabullar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Mustaqillik mahallasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari M.Isroilov hamda markaz mas’ullari tomonidan o‘tkazildi. Unda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan ijtimoiy muammolar, moddiy yordam, parvarishga muhtoj keksalar holati hamda boshqa dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida murojaatlar tinglanib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tartibda nazoratga olindi.
Ayniqsa, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida hal etish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
