YAPONIYANING ORANGE INC. KOMPANIYASI BILAN MIRZACHO‘LDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-02-12 15:05:00 / Yangiliklar

Orange Inc. kompaniyasi bosh direktori Koutaro Kai Mirzacho‘l tumaniga tashrifi doirasida tuman hokimi B.K. Mirzakulov hamrohligida tumandagi “Ezgu niyat” majmuasida bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmon ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, vatanparvarlik va fidoyilik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan tarixiy-ma’naviy maskanlar bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga, uchrashuvlar jarayonida Yaponiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning hududda tatbiq etilish imkoniyatlari hamda istiqbolli hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Mazkur uchrashuvlar hudud rivoji va xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida. Koutaro Kai 2012-yilda Orange Co., Ltd. kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, hozirda bosh direktor sifatida faoliyat yuritadi.
